Ertaga, 23-iyul kuni Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov rahbarligida Navoiy shahridagi Kuchishlatar tuzilmalari bilan hamkorlikda Bunyodkor ko‘chasi va unga tutash yo‘llarda kechki soat 20:30 dan 21:30 gacha shahar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha katta masshtabdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati “Daryo”ga xabar qiladi.
Shu munosabat bilan, Markaziy harbiy okrug rahbariyati shahar aholisini xavotir olmaslikka chaqirib, yo‘llarda harbiy texnikalar, xizmat mashinalari hamda qurolli bo‘linmalar harakatlanishida yuzaga keladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi.
Izoh (0)