Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafoti haqidagi xabarlardan keyin “Daryo” nashri Toshkentdagi Turkmaniston elchixonasi bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi, ammo rasmiy telefon raqamlari bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermayapti.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida “Govorit Moskva” Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida Ashxobodda ishlaydigan biznesmenlar ma’lum qilgan.

Keyinroq Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning vafoti haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi.

Ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy Ashxobod izoh berganicha yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi