• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda 102 ga qilingan qo‘ng‘iroq nima bilan yakunlanishi mumkin yoki tungi klubning “krisha”si kim?

    “Gazeta.uz” muallifi Nikita Makarenko 5 oydan beri o‘z mavzesi aholisini kechasi dam olishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishga behuda urinmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari qonunni himoya qilishga shoshilmayapti.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    20-iyul kechasi, 02:50. Toshkentning FIFTY tungi klubida diskoteka yangramoqda. 102 ga qilingan ko‘ng‘iroq bo‘yicha Mirobod tumanining OVD-2 xodimlari Sattorov va Abdurahmonov keldi. Birinchisining familiyasi boshqa bo‘lishi ham mumkin. Hatto kechroq, uchastkada Abduraxmonov o‘zining shaxsni tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatganda, “mening familiyam Abdullayev”, deydi.

    Xodimlar qachon huquqbuzarlikni bartaraf etishlarini kutib turibman. Jarima yozishlarini. Musiqani to‘xtatishlarini. Biroq uning o‘rniga meni haqorat qilayotgan klub xodimlari ko‘z oldida Abdurahmonov kuch ishlatib telefonimni olib qo‘ydi va cho‘ntagiga soldi. Sattorov mashinaga o‘tirib, uchastkaga borishni buyuradi. Uchastkaga kelgandan so‘ng u choralar ko‘rilgani haqida qog‘ozga qo‘l qo‘yishimni talab qildi. Haqoratli so‘zlar bilan so‘kinadi. Eshiklarni qattiq, shaqillatib yopadi. Astoyidil talablardan so‘ng uchastkadan noma’lum tarafga jo‘nab ketadi.

    102 ga yana to‘rt ko‘ng‘iroq. Endi hech kim kelmaydi. 04:30. Diskoteka davom etmoqda.

    2018-yil avgust oyida hammamiz birgalikda restoratorlar, shahar aholisi va mehmonlarining kechki hayotga bo‘lgan huquqlarini himoya qilib chiqqan edik. O‘sha davrlarda hamma muassasalar soat 23:00 majburiy yopilar edi. Fuqarolik jamiyatining umumiy harakatlari bilan bu muammoga e’tiborni jalb etishga muvaffaq bo‘ldik va tungi hayot yana yashnab ketdi.

    Lekin hamma tadbirkorlar ham mas’uliyatli biznes o‘zi nima, qonun va atrofdigilarga bo‘lgan hurmat nimaligini tushunavermaydi. Ayrimlari qonunlarni xohlaganday buzsa bo‘ladi deb, o‘ylaydi. Shu vaqtning o‘zidayoq davlat fuqarolar tomonda turib, qonunni himoya etishi darkor. Biroq u bu ishni qilmaydi.

    Bar va klublarga erkinlik berildi, lekin ular haddan tashqari oshib ketdi. Ular uchun faoliyat chegaralarini aniq va jiddiy aniqlab berish o‘rniga xohlaganlarini qilishga ruxsat berildi.“Tadbirkorlarga tegilmasin degan yashirin buyrug‘imiz bor”, degan iborani men SES xodimlaridan ham, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan ham eshitdim.

    Lekin kechasi ishlaydigan muassasalar faoliyati qoidalari 2019-yilning fevraligacha ishlab chiqilishi kerak edi. Bu to‘g‘risida senatorlar 3-may kuni ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga parlamentning yuqori palatasi yalpi majlisida eslatdi. Shunday talab Davlat dasturining 39-bobida tasdiqlangan edi. Qoidalar hanuzgacha yo‘q.

    Shahrisabz ko‘chasidagi sobiq Fashion Bar xonasida joylashgan FIFTY bar tarixi 2018-yilning 13-oktabr kuni boshlangan. Fashion Bar Brasserie MChJ tadbirkorlari bu yerda bar tashkil etishga qaror qildi, uning konsepsiyasida haftada besh marotaba, soat 00:00 dan 05:00 gacha mashhur didjeylar o‘tkazadigan diskotekalar bor edi. Nihoyat zo‘r g‘oya. Lekin tovushlarni izolyatsiya qilish to‘g‘risida hatto o‘ylashmagan ekan.

    FIFTY bar egalari tovushni kuchaytirish apparaturasi o‘rnatilgan xonani faqat oyna devor bilan berkitgan. Oyna esa tovushni to‘xtatmaydi. Va natijada boshqaruvchi Igor Paxar qo‘ygan musiqani butun mavze eshitishga majbur. “Menga tovush toza bo‘lishi muhim”, dedi Igor SES mutaxassislari 9-iyul kuni o‘lchovlar o‘tkazayotganlarida. O‘lchovlar klub xonasidagi ovoz balandligi normasi 40 detsibellga oshirilganligini ko‘rsatdi. Lekin bu ham hech narsani o‘zgartirmadi.

    Bar boshliqlari bilan tinchlik yo‘li bilan suhbat olib borib bo‘lmadi. Hatto mart oyidagi shaxsiy uchrashuv paytida barning haqiqiy egasi xona o‘z maqsadiga to‘g‘ri kelmasligini tan olgandan keyin ham. Shovqindan izolyatsiya yo‘qligini tan olgan bo‘lsa ham. Diskotekalarni to‘xtatib remont qilishga va’da bergan bo‘lsa ham. Hech narsa o‘zgarmadi. “Hozir pul yo‘q”, deydi bardagilar. Diskotekalarni to‘xtatish xohishi ham yo‘q, chunki bu o‘sha pul-da.

    Bu sharoitda huquqni muhofaza qilish organlari mahalliy aholi tomonga turib, qonun va tartibni himoya qilishlari kerak, deb o‘ylash mumkin. Chunki Ma’muriy kodeksning “Maishiy shovqin bilan kurash talablarini buzish” deb nomlangan 192-moddasi mavjud. Unda fuqarolarni kechasi, soat 23:00 dan soat 06:00 gacha dam olishini buzganlik uchun qanday jarimalar qo‘yilishi aniq ko‘rsatilgan.

    Lekin bu muammoni yechishga ularning kuchi yetmas ekan. Yohud xohishlar yo‘q. Eng katta muvaffaqiyat — bir necha shtraflar yozildi. Biroq ular nihoyatda past — eng kam ish haqining uchdan biri. Xodimlar hatto qonunbuzarlikni to‘xtatolmaydi — ular kelganlarida ham musiqa o‘chirilmaydi, ozgina pasaytiriladi, xolos. Ketganlaridan keyin esa ovoz balandligi joyiga qaytariladi.

    Eng muhimi — xodimlar muammoni umuman hal qila olmaydi. Jamoat tartibini har kuni tizimli ravishda buzilayotganligini. Profilaktika ishlarining mazmun-mohiyati, axir, shunda emasmi? Yoki ularda qandaydir shaxsiy manfaat bormikan?

    IIB-2 inspektorlarining chora ko‘rmayotganliklari to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga, shahar IIBB, IIVlari berilgan ko‘p sonli murojaatlar, jamoaviy shikoyatlar, hech qanday natijaga olib kelmadi. Hech narsa o‘zgarmadi. SESga berilgan shikoyat asosida 9-iyul kuni tekshiruv o‘tkazildi va bar ichida sanitariya normalari 40 detsibelga ortiq chiqib, buzilganligi tasdiqlandi. Bu ham hech narsani o‘zgartirmadi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Mirobod tumani hokimi Shuhrat Pulatov 8-iyul kuni “Ushbu barning jamoat tartibiga rioya qilishi va sanitariya normalarida ko‘rsatilgan shovqin darajasini oshirmasligi Mirobod tumani IIBning IIB-2 xodimlari tomonidan nazoratga olindi”, degan xabar berdi.

    Bu rost bo‘lganida nur ustiga a’lo bo‘lar edi. Biroq hozircha Ma’muriy kodeksning 192-moddasining kundalik buzilishini “bar faoliyati ustidan nazorat” deyishga til bormaydi.

    102 xizmati faoliyatiga alohida to‘xtab o‘tish darkor. Yaqinda shahar IIBB chaqiruviga bo‘lgan tezkorlik 5-7 minut degan xabar tarqatdi. Bu rost, naryad tez yetib kelmoqda. Lekin kelib, hech qanday chora ko‘rmasdan ketishi mumkin. Keyingi chaqiruvlarga, telefonda “qattiq nazoratga olinadi” desa ham, umuman kelmaydi.

    Endi men nima uchun ko‘p fuqarolar 102ga telefon qilishga qo‘rqishlarini anglab yetdim. Misol uchun, qo‘shnilarim. Chunki hamma narsa teskarisiga aylanib, sizga qarshi bo‘lib chiqishi mumkin. Telefon qilishdan oldin bir necha marotaba yaxshilab o‘ylang. Natija kichik bo‘lib, o‘zingiz uchastkaga tushib qolishingiz hech gap emas.

    Bizning shahrimizda andishali, ongli biznesmenlar borligi quvontiradi. FIFTY’dan uzoq bo‘lmagan restoran egasi aholining birinchi shikoyatidan so‘ng xonalari tovushini izolyatsiya qilib, “restoran sizlarga endi halaqit qilmayaptimi” deb, shaxsan o‘zi aholidan so‘rab chiqqan.

    Toshkentda tungi muassasalar bo‘lishi kerak. Ammo ularning faoliyat qoidalari jiddiy bo‘lishi shart. Tartibot — klub muxlislarini ham, atrofida yashaydigan aholining ham baxt kafolati.

    P. S. Qiziqarli fakt. O‘z huquqlarimni himoya qilib shikoyatlarimni yuborgan har bir idorada, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ham menga doim bitta savol berishdi: “Bu barning ‘krishasi’ kim ekan o‘zi?”. Bu aniq jinoyatga ishora etuvchi savolga javob bugungi kunda Toshkentda tartib o‘rnatish uchun asos, deb tushunaman. Bu esa ko‘ngilni nihoyatda g‘ash qiladi.

    21.07.2019, 09:57   Izoh (0)   88075
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo”da chop etilgandan so‘ng: Samarqandda mehnat inspektorlari majburiy mehnatga jalb etilgani tasdiqlandi. Bandlik markazi direktori va boshqa mansabdorlar ish...

    21.07.2019, 08:40

    Jizzaxda kanal dambasiga tiqilib qolgan erkak qutqarildi

    21.07.2019, 08:15

    Buxorodagi magistral gaz quvurida avariya yuz berdi

    21.07.2019, 01:48

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2018-yilga nisbatan 30,1 foizga oshdi

    20.07.2019, 23:58

    Bo‘stonliqda ikki hafta avval o‘g‘irlangan mototsikl IIBga murojaat qilinganidan bir kun o‘tmay topildi

    20.07.2019, 23:28

    O‘zbekiston aholisi 33,5 million kishidan oshdi

    20.07.2019, 23:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    “Tramp Yevropaga nisbatan haqli siyosat olib boryapti” — Lukashenko

    Dunyo | 8 avgust, 19:46

    Hokimliklar xodimlari uchun oyliklar va mukofot pullari ish sifatiga qarab to‘lanadi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 19:29

    Jahon banki Tojikistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 8 avgust, 19:18

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.