Singapurda tashkil etilgan Xalqaro matematika olimpiadasida (Singapore International Math Olympiad Challenge — SIMOC) o‘zbekistonlik o‘quvchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xabar qiladi.
Ushbu Xalqaro matematika olimpiadasida Bolgariya, Vyetnam, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Kamboja, Xitoy, Laos, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Myanma, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, AQSh, Tailand, O‘zbekiston va Filippin mamlakatlaridan mingdan ziyod o‘quvchi ishtirok etdi.
Mazkur olimpiadada Toshkent shahrining “Lider” va “Genesis” hamda 50-, 159-, 71-maktablaridan 24 nafar o‘quvchi qatnashdi.
Tanlovning saralash bosqichlarida ishtirokchilar matematik muammo va jumboqlarni yechdi. Olimpiadaning final bosqichida g‘oliblar aniqlandi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillariga bitta oltin (S.Hojjaboyeva), beshta kumush (N.Ahmadxodjayev, A.Aripov, R.Halperin, B.Zakirov, A.Egamberdiyev) va oltita bronza (S.Rahmatullayeva, A.Aripov , N.Kan, Sh.Husnulin, V.Galperin, M.Rahmonberdiyev) medallari topshirildi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston, Vyetnam, Kamboja, Tailand va boshqa mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbar hamda vakillari ishtirok etdi.
Izoh (0)