Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezidentning “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi huzurida Sirdaryo viloyati, Baxt shahrida Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tashkil etilib, u Milliy gvardiyaga biriktirilgan.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu o‘quv-tarbiya muassasasida Qaror loyihasi bo‘yicha vazifalar qisqa muddat ichida belgilanib, Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator tashkilotlar hamkorligidagi ishlar amalda oshirildi.

Xususan, birinchi yo‘nalish bo‘yicha yoshlarda san’atga bo‘lgan qiziqishni orttirish maqsadida O‘zbekistonda xizmat olib borayotgan taniqli aktyor va aktrisalar bilan turli xil ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining chiqishlari hamda konsert dasturlari, Harbiy-texnik instituti orkestri jamoasi va “Alvon beretlar” badiiy havaskorlik ansambli o‘z faoliyatini ushbu maktabga bog‘lagan holda tarbiyalanuvchilar uchun maxsus musiqiy dasturlar ustida ish olib bormoqda.

Ikkinchi yo‘nalish ijrosi bo‘yicha esa ushbu muassasada tarbiyalanuvchilarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shahmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirilib, sport tadbirlarida faol qatnashgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar munosib taqdirlanib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

To‘rtinchi yo‘nalishda belgilangandek yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish hamda ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Harbiy-texnik instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan davra suhbatlari va kitob mutoalasi bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasida 5 ta muhim tashabbusning har bir yo‘nalishi bo‘yicha maxsus to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar iqtidori va qobiliyatlariga ko‘ra guruhlarga biriktirilgan.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayevlar o‘quv muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Suhbat davomida Milliy gvardiya qo‘mondonligi iqtidorli yigitlarga kelajakda o‘zlari qiziqqan kasbiy yo‘nalishda o‘qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishga ko‘maklashishini, hech bir tarbiyalanuvchi e’tibordan chetda qolmasligini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar