Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya “Beyneu — Akjigit — O‘zbekiston chegarasi” xalqaro avtomagistralining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiya, quruvchi-mutaxassislar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashgan tadbirda mazkur xalqaro ahamiyatga molik yo‘lning qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirilishi mamlakatlarning qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Avtomobil yo‘lining uzunligi 84 kilometrni tashkil etadi. Mazkur yo‘lni rekonstruksiya qilish va uni Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosi orqali o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘l bilan tutashtirish uchun 108 million AQSh dollarlik mablag‘ yo‘naltirildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“Beyneu—Akjigit—O‘zbekiston chegarasi” avtomagistrali mamlakatlarning iqtisodiyoti yuksalishi va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining ortishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonning Qozog‘iston orqali shimoliy va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishlar — Boltiqbo‘yi va Yevropa mamlakatlariga chiqishda, shuningdek, dengiz bo‘yi mamlakatlari bilan bog‘lanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...