“Lokomotiv” Oston O‘runovning transfer huquqini “Navbahor”dan 343 million so‘m evaziga sotib oldi. Bu haqda jurnalist Shahboz Beg‘amov ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar oynasida yarim himoyachi Oston O‘runov “Navbahor”dan “Lokomotiv” tarkibiga kelib qo‘shilgandi.
Ma’lumot uchun, Oston O‘runov 2000-yilning 19-dekabrida tug‘ilgan. U 2017—2019-yillar davomida “Navbahor” tarkibida harakat qilib, O‘zbekiston chempionati doirasida 51 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)