Joriy yilning 23-iyul kuni “Samarqand — Qarshi” uchastkasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishida harakatlanadigan 758/757-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi shu kuni o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi, bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati xabar qiladi.
Shuningdek, ushbu sanada 8/7-sonli “Toshkent — Shahrisabz” yo‘nalishidagi tezyurar poyezd qatnovi bekor qilinadi. Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi.
Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Izoh (0)