12-iyul yil kuni soat 22:31da Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasida yangi qurilayotgan uyning tom qismida yog‘ochli qurilish xavozalari 60 kvadrat metr maydonda yongan. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Yong‘inni o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 22:36 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 23:10 da qurshab olinib, soat 23:38 da bartaraf etilgan. Voqea joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Hodisa payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Mirobod ko‘chasida yangi qurilayotgan uyning yerto‘lasi yongandi.
Izoh (0)