O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Markaziy apparati va hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Foto: IIV

Polkovnik Tashpulatov Rustam Abdumajitovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Alkarov Eldor Maxmudovich Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Buxoro viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga esa podpolkovnik Fayziyev Olim Mardonovich tayinlandi.