Toshkentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda deputatlar tomonidan bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Jumladan:
“Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi;
“Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi;
“Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik to‘g‘risida”gi;
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi;
“Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini tasis etish to‘g‘risidagi bitimni (Parij, 2001-yil 3-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi;
“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)