“Liverpul” sobiq hujumchisi Deniyel Starrijning Los-Anjelesdagi uyiga o‘gri tushdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida videomurojaat orqali ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining iti yo‘qolib qolgan. U itining qaytarilishini so‘ramoqda va uning uchun qancha pul so‘ralsa ham to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Starrij 2013-yilning qish faslida “Chelsi”dan “Liverpul”ga 15 million yevro evaziga o‘tgandi. Bundan tashqari u karyerasi davomida “Manchester Siti”, “Bolton” hamda “Vest Bromvich” klublari safida to‘p surdi.
Ma’lumot uchun, Starrij Angliya Premyer ligasida umumiy hisobda 218 ta uchrashuvda maydonga tushib, 77 ta gol urdi va 30 ta golli uzatma berdi. Shu bilan birga u Angliya terma jamoasi safida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)