Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Sergeli tuman IIO FMB xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan “Toshkentlik yolg‘iz ona: Yo‘qsillikdan charchab ketdim”, deb nomlangan videolavha yuzasidan surishtiruv ishlari olib borildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, ko‘p yillardan beri muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan olti nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan 36 yoshli Umida Abdurahmonovaga davlat tomonidan Toshkent shahar Sergeli tumani “Uzar” mahallasida uy berilgan. Biroq mahalla yangi bunyod etilganligi sababli mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati hozircha to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. Shularni inobatga olib, Ichki ishlar organi xodimlari ushbu xonadonda yashovchilarga ijtimoiy yordam ko‘rsatib, oziq-ovqat va bolalariga o‘yinchoqlar sovg‘a qildi.

Hozirgi kunda Sergeli tuman hokimligi hamda boshqa bir qator mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi