15—23-iyul kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Tokio Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi. Musobaqada 14 nafar sportchi ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan.
Qayd etish tarkibdan yaqindagina O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan meksikalik qilichboz Paolo Pliyego ham o‘rin olgan.
Tarkib quyidagicha:
- Sevinch Ismoilova — sablya
- Zaynab Dayibekova — sablya
- Yana Obvinseva — sablya
- Paola Pliyego — sablya
- Sherzod Mamutov — sablya
- Pazilbek Genjebayev — sablya
- Boburjon Rasulov — sablya
- Roman Aleksandrov — shpaga
- Javohirbek Nurmatov — shpaga
- Fayzulla Alimov — shpaga
- Oleg Sokolov — shpaga
- Malika Hakimova — shpaga
- Yana Alborova — shpaga
- Hasan Badunov — shpaga
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)