Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Filippinlik erkak baliq ovi vaqtida tasodifan tirik baliqni yutib yuborib, bug‘ilib o‘ldi, deb xabar beradi Coconuts Manilla portal.

Foto: Coconuts Manilla

Foto: Coconuts Manilla

Rojer Merselino ismli fuqaro Antikedagi uyi yaqinida 11 yoshli o‘g‘li bilan baliq oviga chiqqan. Erkak tasodifan tilapiya balig‘ini yutib yuborib, unga tiqilib qolgan. O‘g‘il otasidan uzoqda bo‘lganligi sabab sodir bo‘lgan voqeani ko‘rmagan.

Rojer suvdan chiqib uyiga yugurib kelgan va nafas ololmayotgani sabab xotinidan yordam so‘ragan. Er-xotin mustaqil ravishda baliqni chiqara olmagan, qutqaruvchilar esa telefondagi nosozlik sabab vaqtida yordamga yetib kelmagan. Shifoxonaga yetib borgunlariga qadar 49 yoshli erkak vafot etgan.

Marselinoning rafiqasini aytishicha, Rojerning ushlagan balig‘ini qochirib qo‘ymaslik uchun uni tishlab oladigan odati bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, baliq shu sabab uning tomog‘iga tiqilib qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi