Joriy yilning 3-iyul kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi 51 yoshli E.G‘. “Fresh” savdo do‘koni oldida rashk tufayli 48 yoshli rafiqasi O.O.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada O.O. kasalxonaga yotqizilgan. E.G‘. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.