“Million” jamoasining a’zosi Mirkomil Musayev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Mirkomil Musayev Bravo jamoasining litsenziyasi olib qo‘yilganiga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: “Daryo”

Biz Alisher Botirov bilan Bravo jamoasining konsertiga borganmiz. Faqatgina konsertda birinchi qatorda o‘tirmadik. Sababi vaqt shuni taqozo qilar edi. U vaqtlar Bravo va ‘Million’ jamoasi o‘rtasidagi munosabatlar junbishga kelgan payt edi.

Muxlislar tomonidan savollar yog‘ilib kelardi. Ularga ham, bizga ham ortiqcha savollar bo‘lmasligi uchun tomoshabinlarga ko‘rinmaydigan joydan konsert dasturini tomosha qilganmiz.

Konsert yaxshi o‘tgan. ‘Beayb parvardigor’ deganlariday xatoliklar bo‘lgan. O‘zimning shaxsiy qarashlarimni bolalarga aytganman. Nima xatoliklar bo‘lganini fikrimizni aytganmiz. Ular imkon darajasida bartaraf qilishga harakat qilishdi. Ammo baribir xatoliklar bor edi. Bu bilan ‘ularda xato bor, bizda yo‘q’, demoqchimasman. Xatoliklar bizda ham bo‘lgan. Ikkiga bo‘linganimizning ta’siri bo‘lgan. Ish jarayonida vaqt tig‘izligi bo‘yicha ulgura olmay qolishganmi?! Yoki ko‘proq yoshlar bilan ishlashganmi, asosiy mavzudan chiqib ketilgan.

Hozir ma’lum muddatga ulardan litsenziya olib qo‘yildi. Litsenziya olingan kuni ‘O‘zbekkonsert’da birga o‘tirgan edik. Kulishib o‘tirdik, kulishib xayrlashdik. Bu narsa ularga dars bo‘ldi.

Mirkomil Musayev, “Million” jamoasining a’zosi