• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Obod qishloq” og‘rig‘i: Mirishkor tumanidagi bog‘chalarda bolalar yerda yotishga majbur bo‘lmoqda

    Davomi: Ikki oylik muammo ikki soatda hal etildi: Mirishkordagi bolalar bog‘chasiga karovatdan tashqari konditsioner va muzlatgich ham olib berildi

    “Daryo” mushtariylaridan birining xabariga ko‘ra, Mirishkor tumanining “Jeynov” qishlog‘idagi bog‘chalar “Obod qishloq” davlat Dasturi asosida ta’mirlangan bo‘lsa-da, haligacha bolajonlar karovatda emas, yerda yotadi. Bog‘chaning tashqi ko‘rinishi havas qilar darajada bo‘lsa-da, mashg‘ulot xonalari jihozsiz, yotoqxonalar esa karovatsiz holatda ekanligi ma’lum qilinadi.

    12-bog‘cha bolalari.

    12-bog‘cha bolalari.
    Foto: “Daryo”

    Ushbu ma’lumotlar qay darajada to‘g‘ri ekanligini bilish maqsadida “Daryo” muxbiri tumanning Jeynov qishlog‘ida bo‘lib, ahvolni o‘rgandi.

    Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yil “Jeynov” qishlog‘idagi 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti — 11- va 12-bog‘chalar, “Chandir” qishlog‘idagi 8-bog‘cha “Obod qishloq” dasturiga ko‘ra kapital ta’mirlangan, ammo har uchala bog‘cha uchun ham jihozga mablag‘ ajratilmagan. Shu boisdan ham mazkur bog‘chalardagi bolalar yerda yotishga mahkum bo‘lmoqda.

    12-MTT rahbari Shahlo Murtazoqulovaning ta’kidlashicha, bog‘chaga 2018-yil 1 milliard 249 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bog‘cha tubdan yangilangan. Hozirda muassasadagi 162 nafar bolaning 140 nafari kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyalanayotgan bo‘lsa, 22 nafar bola qisqa muddatli guruhda ta’lim-tarbiya oladi.

    Mashg‘ulot xonalari.

    Mashg‘ulot xonalari.
    Foto: “Daryo”

    — “Obod qishloq” dasturiga tushgach, hamma sharoit yaxshilanib, jihoz ham beriladi deb o‘ylagandik, — deydi 12-MTT rahbari Shahlo Murtazoqulova. – Ammo hech qanday jihoz berilmadi. Ilgari bog‘chamizda 3 ta guruh faoliyat yuritardi. Endilikda 7 ta guruh ishlayapti. Shu boisdan ham bor jihozlarimiz yetmay qolyapti. Iyul oyida smetadagi mablag‘imiz evaziga yana bitta guruhimizni jihozlab beramiz deyishyapti. Qolgan guruhlar taqdiri nima bo‘ladi, bilmaymiz.

    Ushbu muassasaga kirib, vaziyatni kuzatar ekanmiz 4 ta guruh tarbiyalanuvchilari yerda yotganiga guvoh bo‘ldik. Bu esa qariyb 100 nafar bola degani.

    12-bog‘chaning o‘rta guruh bolalari.

    12-bog‘chaning o‘rta guruh bolalari.
    Foto: “Daryo”

     

    — 2 oydan beri bolajonlarimiz shu ahvolda yotibdi, — deydi o‘rta guruh tarbiyachisi Mavjuda Yomg‘irova.

    Ma’lum bo‘lishicha, 12-MTTning oshxonasiga ovqat pishirish uchun hatto plita ham berilmagan. Oshxonada bolalarning umumiy ovqatlanishi uchun ajratilgan xona bo‘m-bo‘sh. Na stol va na stul bor. Eski gilam to‘shalgan, xolos.

    12-bog‘chadagi plita o‘rni.

    12-bog‘chadagi plita o‘rni.
    Foto: “Daryo”

    — Ovqatni yozgi oshxonamizdagi o‘choqda pishirishga majbur bo‘layapmiz, — deydi 12-MTT hamshirasi Mehriniso Avazova. – Boisi oshxonada hatto plitamiz ham yo‘q. Hali berishmagan.

    Hududdagi 11-bog‘chada ham shu ahvol. 1 milliard 480 million so‘m evaziga 140 o‘rinli qilib ta’mirlangan bog‘chada ham bolajonlar yerda uxlashga majbur.

    11-bog‘chaning tashqi ko‘rinishi.

    11-bog‘chaning tashqi ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo”

    11-MTT rahbari Muhabbat Bo‘riyevaning ta’kidlashicha, mazkur bog‘chada ta’mirdan oldin ham 7 ta guruh faoliyat yuritgan bo‘lib, o‘sha paytda ham jihoz yetishmaslik holati kuzatilgan.

    11-bog‘chadagi bolalar yotoqxonasi.

    11-bog‘chadagi bolalar yotoqxonasi.
    Foto: “Daryo”

    — Ilgari ham bog‘chamizda 5 ta kuni uzaytirilgan, 2 ta qisqa muddatli guruh faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, o‘sha paytda ham jihozlarimiz yetmasdi, — deydi 11-MTT rahbari Muhabbat Bo‘riyeva. — Bitta karovatga 2 tadan bola yotqizganmiz. Qolaversa, bo‘lim topshirig‘iga ko‘ra bog‘chamiz ta’mirga tushgach, 30 ta karovat, 30 ta ko‘rpa va 30 ta yostig‘imizni 10-bog‘chaga bergandik. Endilikda o‘zimizga yetmayapti.

    Muhabbat Bo‘riyevaning ma’lumot berishicha, mazkur ta’lim maskani 1 milliard 480 million so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlangan bo‘lib, ayni kunda bog‘chada 162 nafar bola tarbiyalanadi. Shundan 22 nafari qisqa muddatli guruh tarbiyalanuvchilari. Kuni uzaytirilgan guruhda tarbiyalanuvchi 140 nafar bolaning 95 nafari esa karovat yetishmasligi sabab yerda yotibdi.

    11-bog‘cha bolalari.

    11-bog‘cha bolalari.
    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari “Chandir” qishlog‘idagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti ham 1 milliard 330 million mablag‘ evaziga qayta ta’mirlanib, haybatidan ot hurkadigan darajaga yetsa-da, 92 nafar bola yerda uxlashga majbur. Har uchala bog‘cha rahbarlarining ta’kidlashicha, muammodan nafaqat maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri, tuman hokimi ham xabardor. Ammo haligacha muammoning yechimi yo‘q. Aytishlaricha, maktabgacha ta’lim bo‘limi mazkur muammo haqida tuman hokimligi va viloyat hokimligiga rasmiy xat bilan murojaat qilib, muammo yechimi haqida so‘ragan.

    Foto: “Daryo”

    Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy. Nega endi sharoit yetishmasa guruhlar soni ko‘paytirildi? Sanepidemstansiya bunga qaday ruxsat berdi?

    — Mazkur bog‘chalarda qo‘shimcha guruhlar tashkil etilishiga rasmiy tarzda ruxsat bermaganmiz, — deydi Mirishkor tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi rahbari Jamshid Toshqulov. – Bog‘cha mas’ullari tuman hokimligiga murojaat qilib, sanepidemstansiya ruxsat bermayapti deyishgach, tuman hokimi o‘rinbosari Azamat Toshevning og‘zaki topshirig‘iga ko‘ra, og‘zaki tarzda xo‘p deganmiz va mutaxassis ajratib nazorat qilib boryapmiz. Boisi mazkur bog‘chalarda jihoz muammo. Yetishmaydi. Ammo tuman hokimligidan bunga e’tibor bermasligimizni, ko‘z yumushimiz kerakligini aytishgach, ko‘z yumganmiz.

    Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Baxtiyor Karimov yuqorida tilga olingan holatlarni rad etib, bog‘cha bolalarining yerda yotganini inkor qildi. Ammo so‘zi yakunida “mazkur 8-,11- va 12-bog‘chalar tez orada jihoz bilan ta’minlanadi”, — dedi.

    Kiyim shkaflari yo‘qligi uchun bolalarning kiyim va sumkalari yerda yotibdi.

    Kiyim shkaflari yo‘qligi uchun bolalarning kiyim va sumkalari yerda yotibdi.
    Foto: “Daryo”

    Xalqimiz andishali. O‘ziga zarar yetsa-da, o‘zgalarni ayaydi. Bunga har uchala bog‘cha holatidan xabar olib qaytayotgan chog‘imiz ham guvoh bo‘ldik. Bog‘cha mudiralari ushbu muammoni ommaga olib chiqmasligimizni iltimos qilishdi. “Yaqinda jihoz berisharkan” deya bot-bot takrorlashdi. Har gapida “tuman hokimi shu darajada imkoniyat qilib berdi, endi bu muammoni olib chiqsak bizdan ranjishi tayin”, — deyishdi. Inson sifatida ularning iltimosini qondirgimiz keldi, ammo kasb majburiyati bunga yo‘l qo‘ymadi. O‘ylaymizki, ushbu masalaga mas’ul mutasaddilar tez orada muammoga yechim topishadi. Biz esa vaziyatni kuzatamiz.

    01.07.2019, 12:38   Izoh (0)   46137
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 50 va 100 so‘mlik banknotlar o‘z kuchini yo‘qotadi

    01.07.2019, 12:15

    “Qizlar striptizi Urganchdagi restoranda bo‘lmagan” — Xorazm viloyati hokimligi

    01.07.2019, 12:11

    DSQ: 2020-yil 1-yanvardan elektron hisobvaraq-fakturalardan majburiy tartibda foydalaniladi

    01.07.2019, 12:07

    Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi 10 yilga mo‘ljallanadi

    01.07.2019, 11:56

    IIV YHXBB: “Kameralar butunlay bekor qilingani yo‘q, faqat muddatlarini uzaytirish rejalashtirilmoqda”

    01.07.2019, 11:15

    Samarqand viloyat Advokatlar palatasi rahbari Otabek Axtamov 12,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    01.07.2019, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 26 avgust, 14:07

    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi

    Reklama | 26 avgust, 13:30

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    Dunyo | 26 avgust, 13:53

    Isroil “Hizbulloh”ni qurolsizlantirishda Livanga yordam bermoqchi

    Dunyo | 26 avgust, 13:40

    Mo‘ynoqdagi quduqdan gaz otilib chiqishi bir oydan so‘ng “jilovlandi”

    O‘zbekiston | 26 avgust, 12:55

    Kaskadyorga ehtiyoj yo‘q: xavfli tryuklarni ham dublyorsiz bajaradigan Gollivud aktyorlari

    Kino | 26 avgust, 12:55

    Hindistonda er o‘z ayolini tiriklayin yoqib yubordi

    Dunyo | 26 avgust, 12:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.