Pekinda dunyodagi eng yirik aeroport Dasin qurib bitirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Aeroport shahar markazidan 46 kilometr uzoqda joylashgan. Uning maydoni 1 million kvadrat metr. U hozirda dunyodagi eng yirik aeroport hamda “eng qiyin muhandislik loyihasiga ega aeroport terminali” bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, Dasin tuzilmaviy tikuvlarsiz qurilgan dunyodagi eng yirik bino bo‘lib qoldi. Aeroport 2019-yil 30-sentabrda ishga tushiriladi. 2025-yilga borib uning hajmi yiliga 72 million odamni tashkil etadi.
Izoh (0)