Hindiston g‘arbidagi Puna shahrida 23 metrlik devorning qurilish baraklari ustiga qulashi oqibatida 16 nafar ishchi halok bo‘ldi. “TASS” xabar berichisha, voqea 29-iyun kuni sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p qavatli uylarni o‘rab turuvchi devor ishchilar yashagan tunuka baraklar ustiga qulagan. Devorning qulashiga kuchli musson yomg‘iri sabab bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Vayronalar ostida yana odamlar bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)