29-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turi doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining “Nasaf” klubi Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
O‘yin davomida Qarshi klubi a’zolari Oybek Bozorov (80) hamda Humoyun Murtazoyev (90) bittadan golga mualliflik qildi (2:0).
Bahs yakuniga ko‘ra “Nasaf” o‘z maydonida “Surxon”ni mag‘lub etdi.
Qayd etish lozim, “Nasaf” 21 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida kuchli uchtalikka kirib oldi. “Surxon” esa shuncha ochko to‘plab, 6-pog‘onada bormoqda.
Shu kuni “Buxoro” jamoasi “Andijon” bilan bahsga kirishdi.
Bellashuvdagi yagona golga mezbon jamoa yarim himoyachisi Behruz Shodmonov (42) mualliflik qildi.
Shu tariqa buxoroliklar o‘z uyida “Andijon”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi (1:0).
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Buxoro” ochkolari sonini 10 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Andjion” esa 9 ochko bilan 13-o‘ringa tushib qoldi.
13-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Superliga
13-tur bahslari
29-iyun, shanba
“Nasaf”—“Surxon” 2:0
Gollar: 1:0 — 80 Oybek Bozorov, 2:0 — 90 Humoyun Murtazoyev“Buxoro”—“Andijon” 1:0
Gol: 1:0 — 42 Behruz ShodmonovYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)