Bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 524-son qarorida nazarda tutilgan, deb ma’lum qiladi “Norma” axborot-huquqiy portali.
Ma’lumot uchun: 2017-yil avgust oyida Sirdaryo viloyatida 2 ta KSZ, o‘tgan yilning iyul oyida esa Namangan viloyatida 6 ta KSZ tashkil etilgan.
Hukumat Namangan viloyatidagi 5 ta KSZ va Sirdaryo viloyatidagi 1 ta KSZ tarkibiga ro‘yxat bo‘yicha foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini kiritish to‘g‘risidagi taklifni qabul qildi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv organlari 2 oy muddatda ro‘yxatga kiritilgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini ko‘rsatilgan viloyatlar hokimliklariga topshiradi. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi KSZlari tarkibi o‘zgarganligini inobatga olgan holda ularning chegaralarini aniqlashtiradi.
Shuningdek, yaqin vaqtda KSZlari hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha aniq takliflar — “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari lozim. Mazkur ma’lumotlar tadbirkorlik subyektlariga yetkaziladi, ularga KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda ko‘maklashiladi.
Bundan tashqari, KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi, bu ishlarni bajarish jadvali esa tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birganlikda tasdiqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2019-yildan kuchga kirdi.
Izoh (0)