PSJ Amerikaning ekipirovka ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
L’Equipe’ning xabar berishicha, tomonlar 2032-yilga qadar mo‘ljallangan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, PSJ yiliga 50-55 million yevro ishlab topadi.
Klubning Nike bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022-yilda yakuniga yetardi. Eski shartnomaga ko‘ra, homiylik to‘lovlari yiliga 25 million yevroni tashkil etadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)