Andijonlik matbaachi, jurnalist va blogerlarning 150 nafari Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida viloyat hokimi tomonidan “Faxriy yorliq”, “Tashakkurnoma” va planshetlar bilan taqdirlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Bayram munosabati Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda viloyatda faoliyat olib borayotgan, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari, nashriyot, pochta va matbuot tarqatuvchi tashkilotlari xodimlari, sohaga aloqador barcha tashkilot va muassasalar vakillari qatnashdi.Tadbirda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhratbek Abdurahmonov ham ishtirok etdi va soha xodimlarini kasb bayrami bilan qizg‘in qutladi hamda Andijonni har tarafdan yuksaltirish uchun jurnalistlarga tayanishini ma’lum qildi.
Bayram munosabati bilan bir guruh soha fidoyilariga viloyat hokimining Faxriy yorlig‘i va tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Ular orasida “Daryo” nashrining viloyatdagi muxbirlari Mirolim Isajonov va Umidjon Mamarasulovlar ham bor.Tantana ishtirokchilariga viloyat madaniyat boshqarmasi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Bayram tadbiri shahardagi “Oltin vodiy” tantanalar saroyidagi to‘kin dasturxon ustida davom etdi.
Izoh (0)