“Sevilya” yarim himoyachisi Kuinsi Promes “Ayaks” a’zosiga aylandi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Amsterdam klubi o‘z tarbiyalanuvchisi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
27 yoshli futbolchi “Ayaks”da 11-raqam ostida harakat qiladi. Niderlandiyalik xavbek uchun “Sevilya”ga 15,7 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Bu mablag‘ bonuslarni qo‘shib hisoblaganda yana 1,5 millionga oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kuinsi Promes 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 4 ta golli pas berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)