“O‘zbekiston temir yo‘llari” AK matbuot xizmati Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy qismda yuz bergan portlash munosabati ayrim poyezdlar harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning bayonotida aytilishicha, ‘Qazaqstan temir joli’ milliy kompaniyasi AJ tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Quyidagi yo‘lovchi poezdlarining Aris stansiyasi orqali harakati qayta ishga tushishiga qadar vaqtincha to‘xtatiladi:
№5/6 Toshkent – Moskva№149/150 Andijon – Moskva№315/316 Toshkent – Qozon№369/370 Toshkent – Novosibirsk№381/382 Toshkent – Ufa№365/366 Toshkent – Chelyabinsk№321/322 Olmaota – Nukus№2/1 Olmaota – Toshkent
“Mazkur yo‘nalishlar uchun chiptalarni sotib olgan yo‘lovchilar temir yo‘l kassalariga yo‘l hujjatlari (chiptalari)ni taqdim etgan holda ularga chiptalarning qiymati to‘laligicha qaytariladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)