Jizzax shahridagi Olimpiya zaxiralari maktab-internati binosida “Yoshlar oyligi” doirasida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarining 30 yoshgacha bo‘lgan vakillari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Jizzax garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan Mudofaa, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, DXX Chegara qo‘shinlari tarkibidan 5 ta jamoa suvda suzish, 400 metrga harbiylashgan estafeta yugurish, savol-javob hamda erkin mavzudagi sahna ko‘rinishi orqali bellashdi.
Birinchi va ikkinchi shartlar bo‘yicha harbiy jamoalarning ko‘rsatkichlari deyarli farq qilmadi.
Tezkor savol-javob hamda aktyorlik mahorati shartlarida Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi jamoasi eng yuqori natija ko‘rsatib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada ikkinchi o‘rin Milliy gvardiya, uchunchi o‘rin esa Markaziy harbiy okrug jamoasiga nasib etdi.G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘a va diplom bilan taqdirlandi.
Izoh (0)