Iqtisodchi Yuliy Yusupov o‘zining Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova tomonidan bildirilgan bayonotga nisbatan o‘z fikrini bildirdi.
Gulnora Karimova O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘radi va o‘zining O‘zbekiston hududidagi 1,2 milliard dollar shaxsiy aktivlari “o‘ziga tegishlilikdan chiqqani va respublika budjeti farovonligi uchun xizmat qilayotgani”ni ma’lum qildi.Boshqa ko‘plab sobiq amaldorlar ham davlat foydasiga o‘z mulkining katta qismini o‘tkazgani haqida mish-mishlar yuribdi. Bu ham millionlab, milliardlab pul degani.
Birgina Gulnora Karimovaning “hissasi”ni olgan taqdirimizda ham mamlakat budjeti uchun bu katta summa. Shu sababli ikkita savol yuzaga keladi:
- Davlat budjetining daromadlar to‘g‘risidagi qaysi moddasiga ko‘ra bu kabi kirimlar amalga oshirilmoqda? Negadir shu kabi moddalar va budjetdagi tegishli summalarni eslay olmayman.
- Balki mana shu kirimlar QQSni 20 foizdan 12 foizga tushirishga yetar va soliq islohotidagi asosiy muammoni hal etishga yordam berar? Otasining soliq siyosatida yo‘l qo‘ygan xatosi qizining pullariga to‘g‘irlansa yomon emasku.
Izoh (0)