Vladimir Putin Rossiya aviakompaniyalariga joriy yil 8-iyulidan Gruziyaga yo‘lovchi qatnovini vaqtincha man etuvchi farmonni imzoladi.

Foto: EPA

Farmon “milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida” qabul qilingan. Taqiq qancha davom etishi noma’lum.

Rossiya turoperator va turagentlariga taqiq davomida Gruziyaga yo‘llanmalar sotishni to‘xtatish tavsiya qilingan.

Putin hukumatga hozirda Gruziyada bo‘lib turgan Rossiya fuqarolarini mamlakatga qaytarish choralarini ko‘rishni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tbilisida rossiyalik deputatning parlamentdagi chiqishi tufayli norozilik aksiyalari boshlangandi. Ularda bir kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi hibsga olindi. Parlament spikeri iste’foga chiqdi, Gruziya prezidenti esa Rossiyani mamlakatda ichki nizolarni tashkillashtirishda aybladi.