22-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining “A” guruhida 3-tur bahslariga start beriladi.
Tite boshqaruvidagi Braziliya terma jamoasi Peru termasi bilan bahsga kirishadi. Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar 2-turda Venesuela bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Peru esa Boliviyani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Shu kuni Venesuela terma jamoasi Boliviyaga qarshi maydonga tushadi. Ikkala ushrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, Braziliya hamda Peru terma jamoalari “A” guruhida 1 va 2-o‘rinlarni egallab turibdi. Ikkala jamoada ham 4 ochkodan mavjud. Venesuela esa 2 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. So‘nggi o‘rindagi Boliviya termasi hisobida esa ochko mavjud emas.
Kopa Amerika—2019
3-tur bahlari
22-iyun, shanba
“A” guruhi
Peru—Braziliya 00:00
Boliviya—Venesuela 00:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)