Farg‘ona Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi (SSMDK) mutaxassislari Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi omborida saqlanayotgan, Qirg‘iziston “AYu” korxonasida ishlab chiqarilgan “PIR” nomli aroq mahsulotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi tekshirdi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruvlar natijasida mahsulot tegishli talablarga nomuvofiq deb topilgan. Ya’ni ushbu aroq yorlig‘ida ishlab chiqarilgan vaqti, amal qilish muddati, saqlash sharoiti, tibbiy ogohlantiruvchi va boshqa yozuvlar ko‘rsatilmagan bo‘lib, polimer idishlarga quyilgan.
Bundan tashqari ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotning muvofiqlik sertifikati ham taqdim etilmagan (sifati kafolatlanmagan). Shu sabablarga ko‘ra ushbu mahsulotning mamlakat ichki bozoriga kiritilishi to‘xtatildi.
Izoh (0)