Ilhom Matkarimov Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Makan.uz” xabar bermoqda.
I.Matkarimov 1984-yilda Amudaryo tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tugatgan. Keyinchalik Soliq hamda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyalarini tamomlagan.
Ilhom Matkarimov faoliyati davomida Beruniy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Bosh prokuraturaning Mo‘ynoq tumanini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori bo‘lib ishlagan.
U yangi lavozimga tayinlanishdan avval O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlayotgandi.
Izoh (0)