“Yoshlar kuni” doirasida 22—30-iyun kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtda 20 ga yaqin yirik ommaviy-ko‘ngilochar tadbirlar, festival va marofonlar, turli yoshlar aksiyalari o‘tkaziladi, bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar qiladi.
— 22—23-iyun kunlari A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri old maydonida zamonaviy yosh musiqa ijrochilari ishtirokida “I love music” festivali;
— 27—30-iyun kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlardagi madaniyat va istirohat bog‘larida hamda xiyobonlarda “Yoshlar sayllari”;
— 29-iyun kuni “Youth Day” nomli ommaviy yugurish marafoni, Xalqlar do‘stligi maydonida “Musiqa — jangovar safda” shiori ostida Markaziy harbiy orkestr konserti;
— 29—30-iyun kunlari poytaxt yoshlariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida “Toshkent seni sevadi” shiori ostida Sayilgoh ko‘chasi va Xalqlar do‘stligi maydonida “Youth Day” gala-konsertlari, “Hokim va yoshlar” uchrashuvi;
— 30-iyun kuni “Yoshlar-karting” ommaviy-sport musobaqalari, “Humo” muz saroyida “Yoshlar simfonik orkestri”ning “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan konserti, Toshkent shahar hokimligida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini tantanali topshirish marosimi o‘tkaziladi.
Izoh (0)