19-iyun kuni Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasiga mo‘ljallangan, bort raqami UK-78705 bo‘lgan yangi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Everett aeroportidan Grant-Kaunti Mozes Leyk xalqaro aeroportiga sinov parvozni amalga oshirib, qaytdi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo neba” Telegram kanali xabar berdi.
2 soat 25 daqiqa davom etgan sinov parvozi davomida mexanizmlar tekshirilib, zarur texnik ishlar amalga oshirildi.
Sinov uchish davomida uchuvchilar kabinasida ekipajning 4 nafar a’zosi bo‘lgan.
Yangi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti O‘zbekistonga iyun oyi davomida yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)