Qirg‘iziston parlamenti maxsus komissiyasi sobiq prezident Almazbek Atamboyevga nisbatan 6 ta ayblovni ilgari surdi. Bu haqda Qirg‘iziston parlamenti matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib Sputnik xabar qiladi.
Maxsus komissiyaning ikki haftalik ish faoliyati natijasida ayblovlarning soni 9 tadan 6 taga kamaydi.
Maxsus komissiya quyidagi aylovlarni ilgari surdi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Davlat tarixiy muzeyi rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarining noqonuniy egallanishi.
Poytaxt IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi alohida ish yurituviga ajratilgan. Shuningdek, sobiq prezident ismi Davlat tarixiy muzeyini rekonstruksiya qilish ishi bilan ham bog‘liq.
Izoh (0)