2019-yilning sentabridan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida afg‘onistonlik xotin-qizlarning ta’lim olishi boshlanadi. Bu haqda Yevropa Tashqi munosabatlar xizmati ma’lumotlariga tayanib O‘zA xabar qiladi.
Mazkur ta’lim loyihasi O‘zbekiston va Qozog‘istonning BMT bilan hamkorligida ishga tushirildi. Dastur loyihasini ishlab chiqish ishlari yakunlandi va unga ko‘ra, 2019—2020-o‘quv yilida dastur hayotga tatbiq etila boshlanadi.
Birinchi talabalar sentabrda o‘qishni boshlaydi. Ta’lim ingliz tilida boshlanadi va keyin Afg‘onistonning o‘zi tanlaydigan sohalarga — asosan statistika va tog‘-kon sektoriga o‘tiladi.
“Afg‘oniston tomoni malakali mutaxassislar zarur bo‘lgan sohani belgilaydi. Taxminan 50 nafar, eng ko‘pi bilan 100 nafar xotin-qiz bu dasturda ishtirok etadi. Bu tajriba loyihasi, agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, u holda BMT bundan keyin ham loyihani qo‘llab-quvvatlayveradi”, – deya ma’lum qildi Yevropa Tashqi munosabatlar xizmati vakili.
Izoh (0)