“Milan” kelasi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etishdan bosh tortmoqchi, deya xabar berdi Corriere della Sera.
Italiya klubi UEFA bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Unga ko‘ra, “rossonerilar” tashkilotdan Yevrokuboklarda ishtirok etishdan bosh tortish evaziga moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bog‘liq muammolarini hal qilish uchun vaqt so‘ragan.
Bir yil muqaddam “Milan” Sport arbitraj sudiga UEFAning klubni Yevrokuboklardan chetlatish bo‘yicha qaroriga e’tiroz bildirgandi. Jamoa qarorni kechiktirdi va Yevropa Ligasida ishtirok etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar tez kunlarda kelishuvga erishadi. Bunday holatda “Milan” Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi o‘rnini “Roma”ga bo‘shatib beradi, “Torino” esa musobaqaning saralash bosqichida ishtirok etadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)