Futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining “B” guruhida 19-iyun, chorshanba kuni 2-tur bahslari o‘tkaziladi.

Foto: Google Images

Kunning dastlabki uchrashuvida Kolumbiya terma jamoasi Qatar termasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:30 da start oladi.

Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi esa Paragvay bilan bahsga kirishadi. O‘yin soat 05:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, qatarliklar guruh bosqichining dastlabki turida Paragvay bilan durang o‘ynagan bo‘lsa (2:2), Argentina Kolumbiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Kopa Amerika—2019

2-tur bahlari

19-iyun, chorshanba

“B” guruhi

Kolumbiya—Qatar 02:30

Argentina—Paragvay 05:30

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!