“Ayaks” himoyachisi Deyli Sinkgraven faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda “Bayer”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
23 yoshli niderlandiyalik yangi mavsumdan “Bayer” sharafini himoya qiladi. U klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Xabar berilishicha, germaniyaliklar Sinkgraven uchun Amsterdam klubiga 5 million yevrodan kamroq mablag‘ to‘lagan.
Ma’lumot uchun, Deyli Sinkgraven 2018/19-yilgi mavsum Niderlandiya chempionatida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)