Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja mijozining ahvoli yaxshi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda shveysariyalik advokatning Twitter’da qoldirgan postiga tayanib, Uz24 xabar bermoqda.
“Zangiotadan qaytyapman. Mijozimning ahvoli og‘ir. Qon bosimi baland. Oyog‘i bog‘lab tashlangan. Hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti. Bir necha marta hushidan ketgan”, deb yozgan Greguar Manja.
https://twitter.com/GregoireMangeat/status/1140606514111102976
Advokat hukumatdan bu tarzda ushlab turish bas qilinishini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, advokat may oyining oxirida mijoziga tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani va unga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida yozgandi. Bu xabarni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rad etgan va Gulnora Karimovaning ahvoli qoniqarli ekanini ta’kidlagandi.
Izoh (0)