PSJ hujumchisi Neymar yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin.
L’Equipe’ning xabar berishicha, futbolchi uchun yaxshigina taklif tushsa, Parij klubi rahbariyati Neymar transferi bo‘yicha e’tiroz bildirmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik PSJdagi murakkab vaziyatdan charchagan va u klubini o‘zgartirishni xohlamoqda.
Uning agenti Pini Zahavi hujumchini Ispaniyaga qaytarish borasida allaqachon ishlarni boshlab yuborgan. “Barselona” ham Neymarni jamoaga qaytarishdan umidvor bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2018/19-yilgi mavsum Fransiya chempionatida 17 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)