O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘z Instagram’ida Yevropa Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerinini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.
Komilov o‘z tabrigida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida yangi kun tartibi belgilanishida Federika Mogerini katta hissa qo‘shganini alohida qayd etdi.
“Bugun Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerinini tug‘ilgan kuni bilan tabriklash menga mamnuniyat baxsh etadi. U Yevropa Ittifoqining nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yangi kun tartibining muhim mualliflaridan biridir”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Federika Mogerini bilan 2017-yilning iyul oyida Bryusselda uchrashib, uni Samarqandga taklif etgan edi. Shundan so‘ng, Yevrokomissiya raisi O‘zbekistonga ikki marotaba tashrif buyurdi: birinchi bor — 2017-yilning noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanish anjumanida ishtirok etish uchun va ikkinchi marotaba esa 2018-yilning mart oyida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Toshkent anjumanida ishtirok etish uchun.
Izoh (0)