14-iyun, juma kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida tashkilotning navbatdan tashqari XXXV Bosh Assambleyasi o‘tkazildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.
MOQ vitse-prezidentlari Ahmadjon Rahimov hamda Komiljon Ro‘ziyev o‘z xohishlariga ko‘ra yozgan arizasi asosida lavozimidan ozod etildi va ularning o‘rniga yangi nomzodlar saylandi.
Mazkur lavozimlarga O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi sifatida ishlab kelgan Aziz Komilov hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan Saken Po‘latov saylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)