“Chelsi” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluki di Martsio xabar berdi.
Klublar 60 yoshli mutaxassisning transferi borasida jiddiy kelishuvga erishdi, hozirda tomonlar shartnomaning yakuniy qismiga o‘tgan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Yuventus” murabbiy uchun “Chelsi”ga tovon puli to‘laydi va bundan tashqari londonliklar erishiladigan yutuqlarga qarab qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘ladi.
Qayd etilishicha, “Derbi Kaunti” bosh murabbiyi Frenk Lempard italiyalik mutaxassis o‘rniga “aristokratlar”ni boshqaradi.
Bugun, 14-iyun kuni Sarri “Chelsi”ni rasman tark etishi kutilmoqda. Shundan so‘ng u “Yuventus” bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)