Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘zining brendi — TMT ostida Yaponiyada ko‘rgazmali janglar tashkillashtirmoqchi. Bu haqda Daily Mail ma’lum qildi.
“2020-yil Tokioda Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi, shuning uchun, bizning jamoa bu yerga kelib, janglarni tashkillashtirishni intizorlik bilan kutmoqda.Eslatib o‘tamiz, 42 yoshli Meyvezer 2018-yilning dekabr oyida Yaponiyada Tenshin Nasukavaga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratgandi. Amerikalik mazkur jangdan 8 million AQSh dollari atrofida pul ishlab olgandi.Asosiy maqsadimiz — TMT’ni butun jahonga mashhur qilish va faoliyatini AQShdan tashqarida ham yo‘lga qo‘yish. Biz Yaponiyada muvaffaqiyatga erishishimizga ishonaman. Nafaqat mening, balki boshqa bokschilarning ham janglari bilan ham”, — deydi amerikalik matbuot anjumanida.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)