UFC chempioni Habib Nurmagomedov Dastin Poryega qarshi kechadigan jang oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida og‘irroq vazn toifasiga o‘tmasligini ma’lum qildi.
“Og‘irroq vazn toifasiga o‘tish? To‘g‘risini aytsam, mening u yerda ishim bor. Men o‘zimning vazn toifamdagi jangchilar orasida jussam kichik. U yerda esa umuman kichkina bola bo‘lib qolaman. Shuning uchun hozircha o‘z vaznimda qolishni ma’qul deb hisoblayman”, — dedi Habib.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov hamda Porye o‘rtasida kechadigan jang 7-sentabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)