Boks bo‘yicha birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Usik rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi kechishi mumkin bo‘lgan o‘ta og‘ir vazndagi debyut jangi haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar berdi.
“Promouterlar o‘zaro suhbatlashdi. O‘ylashimcha, bu qandaydir siyosatga borib taqalmoqda. Men Aleksandr bilan jang qilishni istamayman. Chunki bu siyosatga bog‘lanib ketishi mumkin. Shu sababli mazkur jang o‘tkazilishini xohlamayapman”, — dedi Usik.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)