Karpatortida momaqaldiroq payti salonida 5 kishi bo‘lgan yuk mashinasi daryoga quladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tyachev tumanining Tarasovka qishlog‘ida yashovchilar o‘tin yig‘ishtirish uchun o‘rmonga yo‘l olgani aytilmoqda. Uyga qaytish chog‘i ZIL-131 haydovchisi noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqaruvni uddalay olmagan.
Avariya oqibatida mashinada bo‘lgan barcha 5 kishi, jumladan, ikki nafar o‘rmon xo‘jaligi xodimi halok bo‘ldi.
4 kishining jasadi topilgan, beshinchi qurbonni qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)