Toshkent viloyatining xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari (fotoradarlar) onlayn rejimda muntazam ishlab kelmoqda, deb yozadi O‘zA.
Bu fotoradarlar orqali 2019-yilning o‘tgan davrida tezlikni me’yoridan oshirish holati qayd etilgan 40 ming 159 qoidabuzarlik aniqlandi. Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan belgilangan jarimalardan 23 ming 959 tasi, transport vositasi egalarining manziliga yetkazilganiga qaramasdan, haligacha to‘lanmagan.
Belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida undirish maqsadida Toshkent viloyati YHXB xodimlari viloyat Majburiy ijro byurosi vakillari bilan hamkorlikda “AUTO CON” uskunasi yordamida 60 kun muddatda belgilangan jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarni aniqlab, ularning avtomashinasini jarima maydoniga joylashtirish choralarini ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, uni to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yish uchun asos bo‘ladi.
Izoh (0)