Fransiya terma jamoasi hamda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatidagi 100-golini urdi, deya xabar berdi Bleacher Report.
Hujumchi o‘zining yubiley golini Yevro—2020 musobaqasi saralash bosqichida Andorra termasiga qarshi o‘yinda urdi (4:0).
Qayd etilishicha, 20 yoshli fransuz ushbu natijaga “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan ko‘ra tezroq erishdi. Ronaldu 100-golini 22 yosh 356 kun, Messi esa 22 yosh 97 kunlik bo‘lgan vaqtda urgandi. Mbappe esa 100-golini 20 yosh 173 kunlik vaqtida urdi.
Ma’lumot uchun, Mbappe PSJ tarkibida 60 ta, “Monako”da 27 ta va Fransiya terma jamoasi safida 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq Mbappe Madridning “Real” klubiga 230 million yevro evaziga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)